Xabar.


13-fevral kuni Eron Islom Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. 

Eron elchisiga Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilish tarixi, maqsadi va vazifalari toʻgʻrisida so’zlab berildi. Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan Yangi Oʻzbekistonda madaniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻliq maʼlumot berilib, Movarounnahrdan yetishib chiqqan ulugʻ ajdodlarimizning Islom va Jahon tamadduniga qoʻshgan hissalari misollar bilan ta’kidlab oʻtildi. Oʻzbek va Eron xalqlarini umumiy tarix, madaniyat va urf-odatlar birlashtirishi qayd qilindi.
Elchi Muhammad Ali Iskandariy janobi oliylari Markaz va uning gʻoyasi, Islom merosini chuqur oʻrganish va tadqiq qilish yoʻnalishlariga davlat darajasida yuqori ahamiyat berilayotganini ijobiy baholadi. Bugungi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqiqatan ham Uchinchi renessans tomon qadam tashlanayotganidan darak berishi e'tirof etildi. Elchi janoblari Eron tomoni Markaz bilan quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi:
- Markazni qurilish materiallari, zarur anjomlar bilan taʼminlash;
- Markaz hududini ko’kalamzorlashtirishda Eron tajribasini qo’llash;
- Markaz qurilish jarayoniga, xususan bezatish ishlariga eronlik mutaxassis va arxitektorlarni jalb qilish;
- tarixiy yodgorliklarni rekonstruksiya qilish, qayta tiklash va mutaxassislar malakasini oshirish;
- fors tilidagi manba'larni tadqiq qilish.
Tomonlar kelajakda ilmiy-ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarni o'tkazishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.