Хабар.


Malayziyada “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” fotoko‘rgazmasi tashkil etiladi. Joriy yilning 1-mart kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi “Malayziya Islom sanʼati” muzeyida “O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi markazi” fotoko‘rgazmasi ochiladi. Ko‘rgazmada so‘nggi ikki ming yil davomida hozirgi O‘zbekiston hududida mavjud bo'lgan sivilizatsiyalar tarixi, jumladan Islom tarixi, madaniyati va ma'rifatiga xos osori atiqalar, qadimiy va boy madaniy me’ros durdonalarining suratlari namoyish etiladi. 
Fotoko'rgazmada Yangi O'zbekiston - Uchinchi Renessans mavzusiga ham alohida e'tibor berilgan. Tashrif buyruvchilar hozigi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga oid fotohujjatlar ham ko'rsatiladi.
27-aprelga qadar davom etadigan fotoko'rgazmaning ochilish marosimida Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o'rinbosari F.Halimov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.