Markaziy Osiyoda IRCICA mintaqaviy xattotlik tanlovi 2023


Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Markaziy Osiyoda IRCICA mintaqaviy xattotlik tanlovi 2023” ni o‘tkazmoqda.

Mazkur tanlov Markaziy Osiyodagi mamlakatlar xattotlari uchun xattotlik sohasida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik va muloqot qilish imkonini beradi.

Xattotlik san’atidan xabardor bo‘lgan xattotlar belgilangan shartlarga  muvofiq tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

Tanlov shartlari

Ishtirokchilarning yoshi chegaralanmagan. Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar arizalarini 2023-yilning 31-yanvariga qadar quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 11 uy.

Tel.: +998 90 994 65 88 , +998 97 597 38 35

Email: international@cisc.uz , uzinfocisc@gmail.com

“Markaziy Osiyoda IRCICA mintaqaviy xattotlik tanlovi 2023” natijalari 2023-yilning 16-may kuni e’lon qilinadi.