E'lon


        Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

2023-yil 27-aprel kuni soat 10:00 da Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” mavzusida ilmiy maqolalar hamda “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusida insholar tanlovi ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etilmoqda. 

Tadbirda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh manbashunos olimlar, tadqiqotchi va magistrlari hamda

diniy taʼlim muassasalari talabalari ishtirok etishadi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kitob koʻrgazmasi hamda xattotlik koʻrgazmasi va mahorat darslari tashkil etiladi.

 

Manzil: Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 11-uy.

 

Tel.: +998 71 244 00 78

        +998 90 975 52 25